Oʻzbek davlat va jamoat arbobi 1981-yilda V.I. nomidagi Toshkent Davlat universiteti (hozirgi – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) Ijtimoiy fanlar fakultetini tamomlagan.
Nuriddin Abduhamidovich Sultonov
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi. 1991- yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
Saidov Akmal Xolmatovich
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi. 2007 va 2015-yilgi prezidentlik saylovlari qatnashchisi. 1981- yilda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetini yuridik fakultetini tamomlagan.
Inomjon Sattarqulovich Kudratov
Oʻzbek siyosatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi. 2003-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetini huquqshunoslik fakultetini tamomlagan.
Dilshod Boymurodovich Hamzayev
2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi IV chaqiriq deputati. Sanoat, qurilish va savdo qoʻmitasi aʼzosi. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi boshqarma boshlig‘i. 1993-yilda Toshkent Davlat universiteti(hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
Nurdinjon Moʻydinxonovich Ismoilov
1995 – yildan Oliy Majlis deputati. 2001-2015 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonida turli lavozimlarda ishlagan. 1995-2015 yillarda — Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi. 2015-yil 12-yanvarda Qonunchilik palatasi spikeri etib saylandi. 1980-yilda Toshkent Davlat Universitetning yuridik fakultetini tugatgan.
Safar Ostonovich Ostonov
«Oʻzbekiston ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalari jurnalisti, bosh muharriri boʻlgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati. 1972-yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Sergey Ivanovich Zinin
Sovet va Rossiya tilshunosi, Toshkent davlat universitetining filologiya kafedrasi mudiri, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti rus tili kafedrasi mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi va Oliy Majlisi deputati. 1962-yilda SAGU (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetini tamomlagan.
Muxamedov Gafurjan Israilovich
Kimyo fanlari doktori, professor, senator. 1972 yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni kimyo fakultetini tamomlagan.
Beruniy Sultonovich Alimov
Taniqli oʻzbek jurnalisti, tarjimon, fan doktori. MTRK „Axborot“ direksiyasi tarjimoni, muxbiri, sharhlovchisi, Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi vazifasini bajaruvchi, 2009—2011-yillar Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi 1-kotibi, 2011—2012-yillar Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining Axborot xizmati rahbari, 2012—2015-yillar Oʻzbekiston Milliy universiteti Oliy jurnalistika kurslari rahbari vazifasini bajargan. 1995-yilda Oʻzbekiston milliy uvirersitetini jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Abduvali Xoliqov
Kimyo fanlari doktori, professor, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi, Departament boshligʻi. 2004-yilda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetini tamomlagan
Xayrillo Gapporov
O’zbek siyosatchisi, o’qituvchisi va kimyogari. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo’mitasi a’zosi. O’zbekiston Ekologik partiyasining a’zosi. 1994-yilda Toshkent davlat universiteti (Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni kimyo mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.