Baxrom Babaev – falsafa fanlari doktori, O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Favqulotda va Muxtor Elchisi
«Universitet menga nima berdi?» degan savol ritorik xarakteriga ega. Javob: «Kim xohlasa, oladi, xohlamagan hech narsa olmaydi».
Toshkent Davlat universitetida, hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, o‘qish menga o‘qituvchi, tadqiqotchi sifatidagi faoliyatimda, keyinchalik diplomatik faoliyatim davomida o‘z g‘oyalarimni, kasbiy ambitsiyalarimni ro‘yobga chiqarishga, kuch-g‘ayratimni ishga solishga, yangi imkoniyatlarni kashf etishga yordam berdi.
Mamlakatimizdagi eng yirik va nufuzli universitetlardan birida o‘qiganimni his qildimmi? Albatta, ha! Bu yerga birinchi marta kelganimda Toshkentda bir qancha bino va laboratoriyalari bor ushbu muassasaning ko‘lami meni hayratga soldi.
Keyinchalik, sentyabr oyida darsga kelganimda, o‘zimni yangi dunyoda his qildim. Ko‘p yillik tajribaga ega professorlar tomonidan talabalarga ma’ruzalar o‘qiladigan bilim va fan olamida bilim oldim. Ulardan ba’zilari nufuzli mukofotlar laureatlari, xorijiy universitetlarning faxriy doktorlari bor edi!
O‘qish paytida ham universitet o‘quv jarayonini tashkil etishga yangicha, ijodiy yondashganini, o‘rganish barkamol shaxslar, keng bilimdon yoshlarni shakllantirishga qaratilganligini payqadim. Universitet ma’muriyati klassik, akademik fanlardan tashqari yangi, eksperimental kurslarni joriy yetdi. Menimcha, bu eng yaxshi amaliyot edi.
Universitetda o‘qish mening kelajakdagi hayot yo‘limni, kasbiy faoliyatimni shakllantirdi va o‘qituvchi hamda diplomat sifatida ishlashim davomida hayotim sifatiga ta’sir qildi. Shuning uchun, qaerda qulay ekanligini va kerakli kasbiy tayyorgarlikni qaerdan olishingiz mumkinligini aniq o‘rganish juda muhimdir.
Mening universitetim o‘quv jarayoni va talabalik hayotning eng yuqori mezonlariga javob beradi. Birinchidan, u yuqori maqomga ega va oliy ma’lumot diplomini olish imkoniyatini beradi. Ikkinchidan, mening universitetim juda keng ta’lim yo‘nalishlari tizimiga ega. Bu esa ko‘plab variantlardan mos tanlov qilish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatadi. Uchinchidan, bu faol talabalar hayoti, turli xil ijodiy tadbirlar, konferensiyalar, talabalar uchun yaratib berilgan sharoitlardir. To‘rtinchidan, universitetimizda boy kutubxona bor, nodir nashrlar, va badiiy adabiyotga qarashli ko‘pgina to‘plamlar mavjud. Shuning uchun sessiya davomida biz hech qachon o‘quv adabiyotlarini topishda muammolarga duch kelmadik.


Bularning barchasi talabalik hayotiga yaxshiroq sho‘ng‘ishga yordam berdi va ijodiy qobiliyatlarni namoyon etishga, shuningdek, yangi do‘stlar topishga yordam berdi. Biz hali ham ularning ko‘plari bilan do‘stmiz.
Universitet o‘z-o‘zini rivojlantirish, shuningdek shaxsiy va kasbiy rivojlanish uchun imkoniyat yaratdi. Bu «studentlik oltin davrim» deb nomlangan unutilmas yillar edi. Va, albatta, asosiy savol: men o‘z universitetimda olgan bilim va tajribamni to‘g‘ri tasarruf eta oldimmi?
Universitet o‘zimni qulay his qiladigan va jamiyat va mamlakatimga foyda keltiradigan kasbni tanlab, tashqi muhitda harakat qilish imkoniyatini yaratdi. Mening kasbiy faoliyatim 2 qismga bo‘lingan: birinchisi – 1980 yildan 1993 yilgacha – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika instituti Falsafa kafedrasida aspirantura va undan keyingi o‘quv va ilmiy ishlar, keyinchalik hurmatli ustozim, akademik Jandar Tulenov rahbarligida Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish. Ikkinchisi — 1993 yildan hozirgi kungacha — O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligida diplomatik faoliyat, Fransiya, Ispaniya, Belgiya elchixonalarida maslahatchi, hozirda O‘zbekistonning Polshadagi Elchisi bo‘lib ishlayman.
O‘tkazilgan ko‘plab uchrashuv va muzokaralar, seminarlar, davra suhbatlari va konferensiyalarni tashkil etish va ularda ishtirok yetish, brifinglar o‘tkazish, chet ellik hamkorlarni ishontirish, xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonning ijobiy imidjini yaratish, turli darajadagi va xalqaro maydonlarda o‘z mamlakatim manfaatlarini himoya qilish — bularning barchasiga mening ona universitetimda to‘plangan bilim va tajribam yordam beradi.
Universitetimni eslab va unga tan berib, men Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Varshava Davlat universiteti o‘rtasida imtiyozli aloqalar o‘rnatishga ko‘maklashdim.
Universitetning Falsafa va iqtisod fakultetida o‘qish qiyin edi, ammo juda xam qiziqarli edi. Fakultetimizda o‘z ishiga fidokor va o‘zini universitetga bag‘ishlangan ajoyib o‘qituvchilar ishlagan va men universitatda hali ham shunday saviyasi yuqori olimlar ishlashlariga ishonaman. Men o‘zimning fakultetimda olgan bilimlarim uchun juda minnatdorman. Professorlar Kaleriya Ivanova, Lev Garber, Said Shermuxamedov, Jalol Boboevlar bizda nafaqat professional, balki dunyoqarashimizni shakllantirgan mutaxassislardir.
Professor, Falsafa kafedrasi mudiri Jalol Mansurovich Babaev — mening otam. U menga boshqa talabalarga qaraganda qattiqroq va talabchanroq munosabatda edilar. Bunday qiziq holat ro‘y bergan edi: 3-kursda dialektik materializmni bilish nazariyasi bo‘yicha imtihonda otam menga «qoniqarli» baho qo‘ydilar, garchi o‘sha paytgacha mening barcha baholarim a’lo yedi. Bu universitetda o‘qishim tugaguniga qadar yagona «uchlik» baho edi. Beshinchi kursning oxirida prof. K.Ivanova «qizil» diplomga sazovor talabalar uchun imtihonlarni qayta topshirish uchun komissiya tuzdi, ammo otam bu komissiyaga qo‘shilishni qat’iyan rad yetdilar. Men a’lo baho olib, «qizil» diplom egasi bo‘lishga muvaffaq bo‘ldim. Universitetda prof. J.Boboevning qat’iyligi va yuqori professionalligi haqida hali ham afsonalar mavjud, u yerda 50 yildan ortiq ishlaganlar.
Xulosa qilib aytganda, men o‘zimning Universitetimni 105 yilligi bilan tabriklamoqchiman va universitetda to‘plangan barcha tajribalarim va keyingi kasbiy amaliyotim ijobiy bo‘lganligini ta’kidlamoqchiman. Bunda meni ustozlarim va kursdoshlarimga minnatdorchilik bildiraman, ularning rahbarligi va ishtiroki hayotdagi qiyinchiliklarni yengishga yordam berdi.