«Ikki avlod uchrashuvi»

2022 yil 4 iyun kuni «Ikki avlod uchrashuvi» nomli O‘zMU Kimyo fakultetini 1997 yilda bitirgan talabalar bilan 2022 yilda 25 yil farq bilan bitirayotgan talabalarning uchrashuv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Kimyo fakultetida ko‘p yillardan beri talabalarga kimyoning borlig‘i, sirlarini o‘rgatgan ustozlar, professorlar T.M.Boboev, X.S.Tojimuxamedov, G.R.Xamidova, Sh.A.Kadirovalar bitiruvchilarga O‘zMUda olgan ta’lim-tarbiya, ilm, bilim, ko‘nikma-malakalarini O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojanishi yo‘lida safarbar qilishga chaqirdilar. Tadbir davomida so‘zga chiqqan sobiq bitiruvchilar tomonidan, o‘sha 1997 yil paytlardagi ToshDU ham, hozirgi O‘zMU ham zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashda o‘z o‘rniga egaligini hamda oliy ta’lim muassasalarinig flagmani ekanligini e’tirof etildi. Dunyo universitetlari xalqaro reyingida ham o‘z o‘rniga ega bo‘layotgani bejizga emasligi takidlandi. Tadbir yakunida kimyo fakultetining ikki avlod bitiruvchilari ustozlar va bir-birlariga esdalik sovg‘alari ulashdilar.