Fizika fakultetida bitiruvchilarning 40 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Bugun Fizika fakultetida fakultetni 1981 yilda bitirgan sobiq talabalar bilan, bitirganliklarining 40 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ushbu yilda bitirgan talabalar orasidan 10 dan ortiq fan doktorlari, 20 dan ortiq fan nomzodlari, Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi va boshqa unvonlarga ega bo‘lgan mutaxassislar yetishib chiqqan.