Oʻzbek davlat va jamoat arbobi 1981-yilda V.I. nomidagi Toshkent Davlat universiteti (hozirgi – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) Ijtimoiy fanlar fakultetini tamomlagan.
Behzod Yo`ldashev Sodiqovich
Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti. 1968-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy Universiteti)ning fizika fakultetini tugatgan.
Abdurakhmonov Ibrohim Yulchievich
O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri. O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi. 1997 yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) biologiya fakultetini tamomlagan.
Artikova Svetlana Baymirzaevna
O’zbekiston respublikasi bosh prokurori o’rinbosari. 1987 yilda V.I. nomidagi Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) yuridik fakultetini tamomlagan.
Shahlo Turdikulova Utkurovna
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri oʻrinbosari. 1995-yilda ToshDU (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ning biologiya fakultetini tamomlagan.
Abdualiev Alisher Khabibullaevich
Siyosatchi, diplomat. 1989-yilda V.I.Lenin nomidagi Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) falsafa-iqtisod fakultetini tamomlagan.
Abduvakhitov Abdujabbor Abdusattarovich
1981- yilda V.I.Lenin nomidagi Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti) sharq fakultetini tamomlagan.
Yakubov Eduard Khastovich
Isroildagi Holon universitetirektori. 1973 yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) matematika fakultetini tamomlagan.
Odil Yoqubov
Oʻzbek yozuvchisi, dramaturgi Oʻzbekiston SSSR xalq yozuvchisi (1985), Hamza nomidagi Oʻzbekiston SSSR Davlat mukofoti laureati (1977), akademik.
1956 yilda O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) filologiya fakulteti rus filologiyasi mutaxassisligi bo‘yicha imtiyozli diplom bilan tamomlagan.
Mejitov Ruslan Maksutovich
O’zbek va rus immunobiologi. Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti) biologiya fakultetini tamomlagan.
Abdulla Aripov
O‘zbek she’riyati klassigi, shoir. 1963 yilda V.I. nomidagi Toshkent Davlat universiteti (hozirgi – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) o‘zbek filologiyasi fakulteti jurnalistika kafedrasini tamomlagan.
Auezov Mukhtar Omarkhanovych
Sovet qozoq yozuvchisi, dramaturg, olim. 1922-1923 yillar — Oʻrta Osiyo Turkiston universitetini (hozirgi — Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti) tamomlagan.
Yuldoshev Nigmatilla Tulkinovich
O’zbekiston respublikasi bosh prakurori. 1985 yilda nomidagi Toshkent Davlat universiteti (hozirgi – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti) yuridik fakulteti, huquqshunoslik ixtisosligida ta`lim olgan.
Sarimsakov Tashmukhamed Alievich
O`zbek matematigi, akademik. 1936 yilda O‘rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning fizika-matematika fakultetini tamomlagan.
Shirinova Raima Hakimovna
O’zMU xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor, “O‘zbekiston-Fransiya” do‘stlik jamiyati ijrochi direktori, OWSD O‘zbekiston milliy filiali raisining o‘rinbosari, filologiya fanlari doktori, professor 1993-yilda V.I. nomidagi Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU) Roman-german filologiyasi fakulteti (fransuz tili bo‘limi) va 2005 yilda O‘zMUning yuridik fakultetini tamomlagan.
Murtazayeva Rahbarxon Hamidovna
O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” Uyushmasi raisi, O’zMU professori, tarix fanlari doktori. 1972-yilda Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Miliiy universiteti)ning tarix fakultetini tamomladi.
Abdurahimova Farida Yo‘Ldashevna
O’zbekiston xotin-qizlar «Olima» Uyushmasi a’zosi, maslahatchi, O‘zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i, pedagogika fanlari nomzodi. Farida Abdurahimova ToshDU (hozirgi O‘zMU)ning Jurnalistika fakultetini tugatgan.
Saidov Akmal Xolmatovich
Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi. 2007 va 2015-yilgi prezidentlik saylovlari qatnashchisi. 1981- yilda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetini yuridik fakultetini tamomlagan.
Safar Ostonovich Ostonov
«Oʻzbekiston ovozi» va «Golos Uzbekistana» gazetalari jurnalisti, bosh muharriri boʻlgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati. 1972-yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.
Beruniy Sultonovich Alimov
Taniqli oʻzbek jurnalisti, tarjimon, fan doktori. MTRK „Axborot“ direksiyasi tarjimoni, muxbiri, sharhlovchisi, Respublikasi Prezidentining Matbuot kotibi vazifasini bajaruvchi, 2009—2011-yillar Oʻzbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi 1-kotibi, 2011—2012-yillar Oʻzbekiston Matbuot va axborot agentligining Axborot xizmati rahbari, 2012—2015-yillar Oʻzbekiston Milliy universiteti Oliy jurnalistika kurslari rahbari vazifasini bajargan. 1995-yilda Oʻzbekiston milliy uvirersitetini jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Mazirov Mixail Arnoldovich
1978-1983 yillarda O’zbekiston Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet) ning bilogiya fakultetini tamomlagan. Rossiya davlat agrar universitetida kafedra mudiri. biologiya fanlari doktori, professor. «Основы агрономии» kitobi uchun 2019 yilga Rossiya federatsiyasida taqdirlangan.
Tesha Zohidovich Zohidov
1926yillarda O’rta Osiyo Davlat universiteti (hozirgi Milliy universitet) ning bilogiya fakultetiga o’qishga kirgan. 1932, 1941, 1950-1951 yillarda O’ODU rektori vazifasini bajargan. Ilmiy ishlari uchun bir qancha medal va ordenlarga ega.
Abramov Andrey Yuriyvich
1995-yilda O’zbekiston Davlat universiteti (hozirgi O’zMU) biologiya fakultetini tamomlagan. Biologiya fanlari doktori, professor. 2018 – Yevropa biokimyo jamiyati federatsiyasining biokimyo va molekulyar biologiya sohasiga qo‘shgan hissasi uchun mukofoti. 2016 –Parkinson’s UK ilmiy kengashi a’zosi. 2015 – London biokimyo jamiyatining noorganik polifosfatlar bo‘yicha konferensiyasi (London, Buyuk Britaniya). 2015 –Targeting mitochondria VI Konferensiyasi (Berlin, Germaniya). 2014 – Targeting mitochondria V Konferensiyasi (Berlin, Germaniya). 2014 –FEBS Journal tahrir hay’ati a’zosi.