Abduvahobov Abduvali

Abduvahobov Abduvali Abdusamatovich

O`zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995). Kimyo fanlari doktori (1979), professor (1981). O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Bioorganik kimyo institutida laboratoriya mudiri (1973 yildan), shu institut direktori (1987-1993), O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Kimyo-texnologiya va Yer haqidagi fanlar bo`limining raisi (1992-1994), vitse-prezidenti (1994-1997) 1965 – yilda  ToshDU (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni kimyo fakultetini bitirgan.

Abutalipov Faradey

Abutaliyev Faradey Basirovich

Matematik olim, O‘zbekiston FA akademigi (2000), fizika-matematika fanlari doktori (1964), professor (1972). 1952 – yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni fizika fakultetini tugatgan.

Ayupov Shavkat

Ayupov Shavkat Abdullayevich

Matematik olim, O‘zbekiston FA akademigi (1995), fizika-matematika fanlari   doktori (1983), professor (1985). 1974- yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ning matematika fakultetini tugatgan.

Azimov Sodiq

Azimov Sodiq Azimovich

Fizik olim, O‘zbekiston FA akademigi (1962), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1964), fizika-matematika fanlari doktori (1955), professor (1958). 1940 – yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni fizika fakultetini tugatgan.

Dolimov To'rabek

Dolimov Toʻrabek No‘monovich

Oʻzbekiston FA akademigi (1995). Geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1981), professor (1985), 1973-1974 yillarda Oʻzbekistan Geologiya vazirligi qoshidagi Oʻrta Osiyo geologiya va mineral xom ashyo institutida shoʻba mudiri. 1983 yildan ToshDU geologiya fakultetida kafedra mudiri, dekan (1985-1987). ToshDU ilmiy ishlar boʻyicha prorektori (1987-1995), 1995 yilda hozirgi OʻzMU rektori. 1960 – yilda ToshDU (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni geologiya  fakultetini tugatgan.

Shokir Farmonov

Farmonov Shokir Qosimovich

matematik olim, Oʻzbekiston FA akademigi (2000). Fizika-matematika fanlari doktori (1973), professor (1977). 1963-yilda ToshDU (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ning mexanika-matematika fakultetini tugatgan.

Karimov Ubaydulla

Karimov Ubaydulla Isroilovich

O‘zbekiston FA akademiyasi akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980), filologiya fanlari doktori (1972). 1949-yilda O‘rta Osiyo universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ning sharq fakultetini tugatgan.

Oybek

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek

Ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobi. Oybek 1943 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a’zo etib saylangan va 1950 yilgacha akademiyada ijtimoiy fanlar bo‘limining raisi lavozimida ishlagan. . 1930- yili O‘rta Osiyo Davlat dorilfununi (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni tugatdi.

Qoriniyoziy

Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy

Matematik olim, pedagog, jamoat arbobi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1939). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943), fizika-matematika fanlari doktori (1939), professor (1931). O‘zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti (1943 — 1947). 1929-yilda  O‘rta Osiyo universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni matematika fakultetini tugatgan.

Sobir Yunusov

Yunusov Sobir Yunusovich

Kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akademigi (1952). SSSR FA muxbir aʼzosi (1958), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959), kimyo fanlari doktori (1949), professor (1952), Mehnat Qahramoni (1969). 1935 – yilda Oʻrta Osiyo universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni  kimyo fakultetini  tugatgan.

Arifov Ubay

Arifov Ubay Arifovich

U.A.Arifov 1945 yilda nomzodlik va 1945 yilda doktorlik dissertatsiyalarini yoqlagan. 1956 yilda O‘zFA akademigi. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan Fan va texnika arbobi Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, ko‘plab orden va medallar sohibi.

Bekjonov Rahim

Bekjonov Rahim Bekjonovich

1966 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 1968 yildan professor, 1989 yildan O‘zFA akademigi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati. S.I.Vavilov nomli nishon sovrindori. O‘zbekiston ma’orif a’lochisi va ixtirochisi.

Yunusov Mahamajon

Yunusov Maxamadjon Sobirovich

1950-1955 yillari O‘rta Osiyo davlat universitetida (hozirgi O‘zMU) fizika ixtisosligi bo‘yicha tahsil olib, o‘z faoliyatini O‘zFA Fizika-texnika institutida kichik ilmiy xodim lavozimidan boshlagan. 1967 yilda nomzodlik va 1981 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000 yilda O‘zFA akademigi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Fan arbobi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati, “Shuhrat” ordeni sohibi.

Jura Musayev

Musayev Jo'ra Azimboyevich

1944-1948 yillari O‘rta Osiyo davlat universitetida (hozirgi O‘zMU) biologiya ixtisosligi bo‘yicha tahsil olgan. Genetik olim, akademik. «El yurt hurmati»,»Yuksak xizmatlari uchun»,»El yurt hurmati»,»Mustaqillik»,»Xalqlar do’stligi» kabi medal va ordenlar sohibi. O’zb Res Fanlar akademiyasi turli bo’limlar raxbari sifati faoliyat yuritgan.

Abdumavlon Abdullayev

Abdumavlon Abdullayev

1947-1952 yillarda O’rta Osiyo  Davlat universiteti (hozirgi O’zMU) biologiya fakultetini tamomlagan. Biologiya fanlari doktori, akademik.»El yurt hurmati»,»Yuksak xizmatlari uchun»,»El yurt hurmati»,»Mustaqillik»,»Xalqlar do’stligi» kabi medal va ordenlar sohibi. O’zb Res Fanlar akademiyasi turli bo’limlar raxbari sifati faoliyat yuritgan.

Abdusattor Abduukarimov

Abdusattor Abdukarimov

1960-1963 yillarda O’rta Osiyo  Davlat universiteti (hozirgi O’zMU) biologiya fakultetini tamomlagan. Biologiya fanlari doktori, akademik.»El yurt hurmati»,»Xalq ta’limi alochisi»,»Do’stlik»  kabi medal va ordenlar sohibi. 

Abduraxmonov_I_Y

Ibrohim Yulchiyevich Abdurahmonov

1993-1997 yillarda Toshkent  Davlat universiteti (hozirgi O’zMU) biologiya fakultetini tamomlagan. Biologiya fanlari doktori, akademik. 2011 yil AQSH ning Texas shtatining qishloq xo’jaligi universitetini tamomlagan. ICRA a’zosi. 

To'rayev Abbosxon

To’rayev Abbosxon Sobirxonovich

O’zR FA Bioorganik  kimyo instituti direktori, Akademik, 1969- yilda O’rta Osiyo davlat universiteti(hozirgi O’zMU) kimyo fakultetini tamomlagan.

Umarov Giyos

Umarov G'iyos Yoqubovich

1943 yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) fizika-matematika fakultetini bitirgan. Ilmiy ishlari yadro fizikasi, geliofizika masalalariga oid. “Hurmat belgisi ordeni” va medallar bilan mukofotlangan.

gulomov ulug

G‘ulomov Ulug‘ G‘afurovich

1950 yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi O‘zMU) fizika fakultetiga o‘qishga kirib, 1955 yilda tugatgan. 1974 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi muxbir a’zosi bo‘lgan. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan Fan arbobi. Abu Rayhon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati.