Bitiruvchi deputat va senatorlar

Safar Ostonovich Ostonov -“Oʻzbekiston ovozi” va “Golos Uzbekistana” gazetalari jurnalisti, bosh muharriri boʻlgan. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

1972-yilda Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetini tamomlagan.

Narbayeva Tanzila Kamalovna - O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi

1981-yilda Toshkent Davlat universiteti (Tosh Davlat universiteti, hozirgi – Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti), Ijtimoiy fanlar fakultetini tamomlagan.

Saidov Akmal Xolmatovich - Inson huquqlari boʻyicha milliy markaz raisi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolarni oʻzini oʻzi boshqarish organlari qoʻmitasi raisi.

1981- yilda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetini  yuridik fakultetini tamomlagan.

Sergey Ivanovich Zinin - Sovet va Rossiya tilshunosi, Toshkent davlat universitetining filologiya kafedrasi mudiri, O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Til va adabiyot instituti rus tili kafedrasi mudiri, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi va Oliy Majlisi deputati

1962-yilda SAGU (hozirgi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti)ning filologiya fakultetini tamomlagan.

Muxamedov Gafurjan Israilovich - Kimyo fanlari doktori, professor, fan arbobi

1972 yili Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni  kimyo fakultetini tamomlagan.

Nurdinjon Moʻydinxonovich Ismoilov -Oliy Majlis deputati, Qonunchilik va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi

1980-yilda Toshkent Davlat Universitetning yuridik fakultetini tugatgan.

Nuriddin Abduhamidovich Sultonov-Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi aʼzosi.

1991- yilda Mirzo Ulugʻbek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Inomjon Sattarqulovich Kudratov - Oʻzbek siyosatchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IV chaqiriq Qonunchilik palatasi deputati. "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi aʼzosi.

2003-yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetini huquqshunoslik fakultetini  tamomlagan.

Dilshod Boymurodovich Hamzayev - O`zbek davlat arbobi, 2020-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi "Adolat" sotsial-demokratik partiyasi IV chaqiriq deputati.

1993-yilda Toshkent Davlat universiteti(hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetini tamomlagan.

Beruniy Sultonovich Alimov - 2012—2015-yillar Oʻzbekiston Milliy universiteti Oliy jurnalistika kurslari rahbari vazifasini bajargan.

1995-yilda Oʻzbekiston milliy uvirersitetini jurnalistika mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.

Abduvali Xoliqov - Kimyo fanlari doktori, professor, Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi, Departament boshligʻi.

2004-yilda Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universitetini tamomlagan

Xayrillo Gapporov -O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati. Oliy Majlis Qonunchilik palatasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qo'mitasi a'zosi. O'zbekiston Ekologik partiyasining a'zosi

1994-yilda Toshkent davlat universiteti (Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni kimyo mutaxassisligi bo’yicha tamomlagan.