Bitiruvchi akademiklar

Abduvahobov Abduvali Abdusamatovich

O`zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi (1995). Kimyo fanlari doktori (1979), professor (1981). O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Bioorganik kimyo institutida laboratoriya mudiri (1973 yildan), shu institut direktori (1987-1993), O`zbekiston Fanlar Akademiyasi Kimyo-texnologiya va Yer haqidagi fanlar bo`limining raisi (1992-1994), vitse-prezidenti (1994-1997)

1965 – yilda  ToshDU (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni kimyo fakultetini bitirgan.

Abutaliyev Faradey Basirovich

Matematik olim, O‘zbekiston FA akademigi (2000), fizika-matematika fanlari doktori (1964), professor (1972).

1952 – yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni fizika fakultetini tugatgan.

Ayupov Shavkat Abdullayevich

Matematik olim, O‘zbekiston FA akademigi (1995), fizika-matematika fanlari doktori (1983), professor (1985). "Shuxrat" medali sohibi. O'zR FA qoshidagi Matematika instituti direktori.

1974- yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ning matematika fakultetini tugatgan.

Azimov Sodiq Azimovich

Fizik olim, O‘zbekiston FA akademigi (1962), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1964), fizika-matematika fanlari doktori (1955), professor (1958).

1940 – yilda O‘rta Osiyo davlat universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni fizika fakultetini tugatgan.

Dolimov Toʻrabek No‘monovich

Oʻzbekiston FA akademigi (1995). Geologiya-mineralogiya fanlari doktori (1981), professor (1985), 1973-1974 yillarda Oʻzbekistan Geologiya vazirligi qoshidagi Oʻrta Osiyo geologiya va mineral xom ashyo institutida shoʻba mudiri. 1983 yildan ToshDU geologiya fakultetida kafedra mudiri, dekan (1985-1987). ToshDU ilmiy ishlar boʻyicha prorektori (1987-1995), 1995 yilda hozirgi OʻzMU rektori.

1960 – yilda ToshDU (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni geologiya  fakultetini tugatgan.

Farmonov Shokir Qosimovich

matematik olim, Oʻzbekiston FA akademigi (2000). Fizika-matematika fanlari doktori (1973), professor (1977).

1963-yilda ToshDU (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ning mexanika-matematika fakultetini tugatgan.

Karimov Ubaydulla Isroilovich

O‘zbekiston FA akademiyasi akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980), filologiya fanlari doktori (1972).

1949-yilda O‘rta Osiyo universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ning sharq fakultetini tugatgan.

Muso Toshmuhammad o‘g‘li Oybek

Ulug‘ adib, shoir, olim, jamoat arbobi Oybek 1943 yilda O‘zbekiston Fanlar akademiyasiga haqiqiy a’zo etib saylangan va 1950 yilgacha akademiyada ijtimoiy fanlar bo‘limining raisi lavozimida ishlagan.

1930- yili O‘rta Osiyo Davlat dorilfununi (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni tugatdi.

Toshmuhammad Niyozovich Qori-Niyoziy

Matematik olim, pedagog, jamoat arbobi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1939). O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi (1943), fizika-matematika fanlari doktori (1939), professor (1931). O‘zbekiston Fanlar akademiyasining birinchi prezidenti (1943 - 1947).

1929-yilda  O‘rta Osiyo universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni matematika fakultetini tugatgan.

Yunusov Sobir Yunusovich

Kimyogar olim. Oʻzbekiston FA akademigi (1952). SSSR FA muxbir aʼzosi (1958), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arbobi (1959), kimyo fanlari doktori (1949), professor (1952), Mehnat Qahramoni (1969).

1935 – yilda Oʻrta Osiyo universiteti (hozirgi Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti)ni  kimyo fakultetini  tugatgan.