Keksalarni qadrlash haftaligida o‘tkazilgan uchrashuvlar bo‘yicha ma’lumot

O‘zbekiston Milliy universiteti Tarix fakulteti “Arxeolgiya” kafedrasi professori t.f.d., akademik Sagdullaev Anatoliy Sagdullaevich bilan 1 Oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Suhbat davomida ustoz Sagdullaev A.S. o‘zlarining talabalik yillarida universitet tahsil olgan yillari, keyingi davrdagi mehnat faoliyati, ilmiy ijodi va izlanishlari haqida so‘zlab berdilar. Arxeologik ekspeditsiyalardagi qazuv ishlari davomida topilgan arxeologik topilmalar, ularning davrlari, xususiyatlari, tarixiy ahamiyatiga doir qiziqarli ma’lumotlar keltirdilar. Akademik A.S.Sagdullaev O‘zbekistonda arxeologiya, qadimgi tarix, O‘zbekiston tarixi, ilmiy ijod metodologiyasi fanlari rivojiga ulkan hissa o‘shib kelayotgan yuzlab ilmiy ishlar muallifi, bugungi kunda ko‘plab shogirdlar yetishtirib kelayotgan yetakchi olim. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, t.f.d., k.i.x.Omonullo Bo‘riev bilan Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan uchrashuv o‘tkazildi. Ustoz o‘z ijodi yo‘lidagi izlanishlar, mashaqqatlar haqida so‘zlab berdilar. XX asrda o‘zbek xalqi tarixiga oid manbalar ancha kam o‘rganilganligi, biroq keyingi davrda, O‘zbekistonda mustaqilik yillarida, ilm-fan ravnaqiga ko‘rsatilayotgan e’tibor tufayli yozma manbalarni o‘rganish va tarixiy merosni keng targ‘ib qilish ishlari ancha yo‘lga qo‘yilib borayotganini mamnuniyat bilan e’tirof etdilar. Ushbu tadbirlar Vatanimiz tarixini atroflicha, manbalar asosida yoritishga imkoniyatlar yaratadi. Hozirgi kunda olim O.Bo‘riev tomonidan Manbashunoslik, Amir Temur va Temuriylar davri tarixi va tarixiy geografiyasi, Sharq manbalari, O‘zbekiston toponimikasi sohalarida yuzlab ilmiy ishlari chop qilingan.