FESTIVAL DOIRASIDA “KARYERA KUNI” MEHNAT YARMARKASI O‘TKAZILDI
“Milliy Universitet – keng imkoniyatlar maskani” festivali doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirliklari, Toshkent shahar hokimligi, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat texnika universitetlari hamkorligida “Karyera kuni” Mehnat Yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2022-yil 4-martda o‘tkazilgan “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishida belgilab berilgan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda universitet bitiruvchilarining ishga joylashishlariga ko‘maklashishdan iborat.