Vetnamlik O‘zMU bitiruvchilari 50 yildan so'ng universitetda
Bugun, universitetga Vetnamlik O‘zMU bitiruvchilari tashrif buyurdi. Ular oliygohga 1966, 1971, 1972 yillarda o‘qishga kirishgan va bugungi kunda turli sohalarda faoliyat olib bormoqdalar, ko‘pchiliklari esa nafaqada.
⏺Bitiruvchilarni xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova kutib olib ularga universitetning bugungi kunda jamhon miqyosidagi yutuqlari, xalqaro hamkorligi va kelajakdagi strategik rejalari to‘g‘risida so‘zlab berdi. Chyan xonim so‘zga chiqib yurtimizga ilk bor yer silkinishi davrida yaʼni 16 yoshida kelgani, unga ko‘rsatilgan eʼtibor va universitetdagi taʼlim to‘g‘risidagi xotiralarini barcha bilan bo‘lishdi.
⏺Shuningdek, bugun O‘zMUga kelish baxtiga muyassar bo‘lgani hamda O‘zbekistondaga ijobiy o‘zgarishlarni yuqori baholadi. Universitet bitiruvchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi va Vetnamlik bitiruvchilar ham o‘zbek yoshlarni yurtalariga qabul qilish va turli xil tadbirlarni birga tashkillashtirish borasida o‘z takliflarini bildirishdi.



