Gidrometeorologiya fakultetida “Universitetni bitirganlikni 50 yilligi”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Gidrologiya yo‘o‘nalishini 1973-1974 o‘quv yilida tugatgan bitiruvchilar bilan 2023 yilning 25 sentyabrda Gidrometeorologiya fakultetida “Universitetni bitirganlikni 50 yilligi”ga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tadbirga 1973-1974 o‘quv yilida Gidrologiya ta’lim yo‘nalishini tugatgan 10 nafarga yaqin bitiruvchilar tashrif buyurishdi. Tadbir boshida o‘tgan vaqt ichida bevaqt oramizdan ketgan ustozlarni xotirlab, esga olindi, xaqqilariga duo qilindi.
Fakultet dekani K.Raxmonov universitet bitiruvchilarini oliy ta’limda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar, yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi hamda Gidrometeorologiya fakultetining tashkil topishi bo‘yicha Prezident qarori bilan tanishtirdi. Jumladan, bugungi kunda universitet talabalarining o‘qishi uchun keng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilganligi, iqtidorli talabalar uchun horijning nufuzli oliy o‘quv yurtlariga beg‘araz grantlar ajratilayotgani, o‘quv jvrvyoniga tajribali horij olimlarini jalb qilinayotgani, nogiron va kam ta’minlangan talabalar ijtimoiy himoyaga olingani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
3 avlod vakillari, ya’ni bitiruvchilar, yosh pedagodlar hamda talabalar ishtirok etgan tadbirda bitiruvchilar universitetdagi o‘qish davriga oid o‘quv jarayoni, o‘quv-dala amaliyotlari, talaba hayotiga oid xotiralar bilan o‘rtoqlashib, talabalik davrini esga olishdi. Quruqlik gidrologiyasi kafedrasi professori F.Xikmatov bitiruvchilar bilan ularning talabalik davrlarini esga olib, dildan suhbat qilishdi. Ustozlar bugungi kunda hamkasabalari bo‘lgan, sohaning turli yo‘nalishlarida ilmiy, pedagogik, ishlab chiqarish faoliyati bilan fidokorona mehnat qilayotgan bitiruvchilarni hayot yo‘llarida erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida yanada yuksak yutuqlarga erishishni tilab qoldilar.

