ai generated, systems analyst, consultant-8211245.jpg

O‘zMU bitiruvchisi Germaniya ilmiy tadqiqot institutida faoliyat olib bormoqda.

Ma’lumki, oxirgi yillarda universitetlarda bitiruvchilar bilan doimiy hamkorlik olib borish, davra suhbatlari, ikki avlod uchrashuvlari tashkil qilish borasida mutnazam ish olib bormoqda. Bugun, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova O‘zMUning ximiya fakulteti bitiruvchisi va bugungi kunda Germaniyaning yangi texnologiyalar va innovatsiyalarni ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab quvvatlash Branderburg institutida faoliyat olib boradigan professor  Tatyana  Karasaeva va uning kasbdoshi professor Kloze janoblari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda universitetning sobiq bitiruvchisi Tatyana Karasaeva O‘zMU bilan hamkorlik o‘rnatish, ayniqsa ilmiy loyihalarda hamkorlik qilish, yangi innovatsion texnologiyalar sohasida qo‘shma loyihalarda ishtirok etish bo‘yicha bir qator takliflarni bildirdi.Shuningdek, hamkorlikda Erasmus dasturlarida ishtirok etish, ilmiy nashrlar hamda xalqaro konferensiyalar o‘tkazish va ularda dolzarb masalalar yechimini birgalikda hal qilish kabi bir qator takliflar borasida fikr almashilindi.  Yaqin kunlarda hamkorlik memorandumni birgalikda ko‘rib chiqish va imzolashga kelishildi.