Gidrometeorolog bitiruvchilar uchrashuvi

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini 1975 yilida tugatgan bitiruvchilari bilan Gidrometeorologiya fakultetida “Universitetni bitirganligining 48 yilligi”ga bag‘ishlangan tadbir 2023 yilning iyun oyida  o‘tkazildi. Tadbirga Gidrometeorologiya fakultetini 1974-1975 o‘quv yilida Gidrologiya ta’lim yo‘nalishi tugatgan 40 nafarga yaqin bitiruvchilari tashrif buyurishdi. Tadbir boshida o‘tgan vaqt ichida bevaqt oramizdan ketgan ustozlarni xotirlab, esga olindi, xaqqilariga duo qilindi. Fakultet professori geografiya fanlari doktori F.Xikmatov  universitet bitiruvchilarini oliy ta’limda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar, yangidan ochilgan ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bilan tanishtirib o‘tdi. Jumladan, bugungi kunda, o‘quv jarayoniga tajribali horij olimlarini jalb qilinayotgani, horij olimlari bilan xamkorlikda xalqaro loyihalar bajarilayotganligi, kam ta’minlangan talabalar ijtimoiy himoyaga olingani to‘g‘risida ma’lumot berildi. 3 avlod vakillari ishtirok etgan tadbirda bitiruvchi talabalar universitetdagi o‘qish davriga oid o‘quv jarayoni, o‘quv va dala amaliyotlari, talaba hayotiga oid xotiralar bilan o‘rtoqlashib, talabalik  davrlarini esga olib, dildan suhbat qilishdi. Ustozlar bugungi kunda hamkasabalari bo‘lgan, sohaning turli yo‘nalishlarida ilmiy, pedagogik, ishlab chiqarish faoliyati bilan fidokorona mehnat qilayotgan bitiruvchilarni hayot yo‘llarida erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida yanada yuksak yutuqlarga erishishni tilab qoldilar. Shuningdek, 2023 yilning may oyida Universitetning 105 yilligiga bag‘ishlab o‘tkazilgan xalqaro anjumanda fakultetni bitirgan sobiq talabalarimiz ishtirok etishdilar. Anjumanda sobiq bitiruvchi talabalarimiz tomonidan tabriknomalar, vedio tabriklar, yuborishdilar. Bundan tashqari bituvchilar bilan intervyular, uchrashuvlar olib borildi.