Biolog bitiruvchilarnin 30 yilligi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini 1991-1992 o‘quv yilida bakalavriat bosqichini tugatgan bitiruvchilari bilan Biologiya fakultetida “Universitetni bitirganlikni 30 yilligi”ga bag‘ishlangan tadbir 2022 yilning oktyabr oyida Biologiya fakuotetida “1 oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetini 1991-1992 o‘quv yilida bakalavriat bosqichini tugatgan Tuproqshunoslik ta’lim yo‘nalishining bitiruvchilari bilan “Universitetni bitirganlikni 30 yilligi”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirga Biologiya fakultetini 1991-1992 o‘quv yilida Tuproqshunoslik ta’lim yo‘nalishining bakalavriat bosqichini tugatgan 30 nafarga yaqin bitiruvchilari tashrif buyurishdi. Tadbir boshida o‘tgan vaqt ichida bevaqt oramizdan ketgan ustozlarni xotirlab, esga olindi, xaqqilariga duo qilindi.
Fakultet dekani T.Abdraxmanov universitet bitiruvchilarini oliy ta’limda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan ishlar, yangiliklar bilan tanishtirib o‘tdi. Jumladan, bugungi kunda universitet talabalarining o‘qishi uchun keng imkoniyatlar va sharoitlar yaratilganligi, iqtidorli talabalar uchun horijning nufuzli oliy o‘quv yurtlariga beg‘araz grantlar ajratilayotgani, o‘quv jvrvyoniga tajribali horij olimlarini jalb qilinayotgani, nogiron va kam ta’minlangan talabalar ijtimoiy himoyaga olingani to‘g‘risida ma’lumot berildi.
3 avlod vakillari ishtirok etgan tadbirda bitiruvchi talabalar universitetdagi o‘qish davriga oid o‘quv jarayoni, o‘quv va dala amaliyotlari, talaba hayotiga oid xotiralar bilan o‘rtoqlashib, talabalik davrini esga olishdi. Tuproqshunoslik kafedrasining professor-o‘qituvchilaridan T.Abdraxmanov, S.Sidiqov, M.Faxrutdinova, Sh.Isxoqova, Z.Jabborov shogirdlari bilan ularning talabalik davrlarini esga olib, dildan suhbat qilishdi. Ustozlar bugungi kunda hamkasabalari bo‘lgan, sohaning turli yo‘nalishlarida ilmiy, pedagogik, ishlab chiqarish faoliyati bilan fidokorona mehnat qilayotgan bitiruvchilarni hayot yo‘llarida erishgan muvaffaqiyatlari bilan tabriklab, ularga kelgusi faoliyatlarida yanada yuksak yutuqlarga erishishni tilab qoldilar.

